Ronalduning o‘g‘li ilk bor Portugaliya U-16 jamoasiga chaqirildi

Krishtianu Ronalduning o‘g‘li — Krishtianu Junior ilk bor Portugaliyaning 16 yoshgacha bo‘lgan milliy terma jamoasi safidan o‘rin oldi. U hozirda otasi kabi Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi tizimida to‘p surmoqda.
15 yoshli yosh iqtidor Antaliyada bo‘lib o‘tadigan Federatsiyalar kubogida maydonga tushishi kutilmoqda. Portugaliya U-16 jamoasi mazkur musobaqada Turkiya, Angliya va Uels terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Avvalroq Ronaldu Junior Portugaliyaning U-15 jamoasiga chaqirilgan va may oyida Xorvatiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut golini kiritgan edi. Bu natija yosh futbolchining rivojlanishi va kelajakda otasi izidan borish ehtimolini yanada kuchaytirmoqda.





























Izohlar 0
…