date

45 kishi halok bo‘ldi: Isroil-Ga'zo sulhi buziladimi?

45 kishi halok bo‘ldi: Isroil-Ga'zo sulhi buziladimi?
10-oktabrdan kuchga kirgan G‘azo sulhi so‘nggi kunlarda jiddiy sinovdan o‘tmoqda. Yakshanba kuni Isroil armiyasi Rafah shahrida ikki askari halok bo‘lgan hujumdan so‘ng G‘azo bo‘ylab zarbalar uyushtirdi. Bu so‘nggi haftalardagi eng qonli kun bo‘lib, kamida 45 nafar falastinlik halok bo‘lgani aytilmoqda. Isroil bu hujumlar uchun “Hamas”ni ayblagan.

Vaziyatdan so‘ng Isroil vaqtincha gumanitar yordam yetkazib berishni to‘xtatdi, biroq AQSh bosimi bilan dushanba kuni chegara punktlari yana ochildi. AQSh maxsus elchilari Stiv Vitkof va Jared Kushner mintaqada bo‘lib, kelishuvni mustahkamlash hamda G‘azoning kelajagi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Ular sulhning ikkinchi bosqichi — xalqaro tinchlik kuchlarini joylashtirish va “Hamas”ni qurolsizlantirish masalalarini muhokama qilmoqda.

Falastinliklar orasida tinchlik kafolatlariga ishonch yana pasaygan. Hujumlarda bolalar ham qurbon bo‘lgani aytilmoqda.

Isroil mudofaa vazirligi esa “sariq chiziq” deb ataluvchi yangi chegara hududlarini belgilashni boshladi. Bu chiziq orqali G‘azoning qaysi qismlari Isroil nazorati ostida ekani aniq ko‘rsatiladi. Shu bilan birga, Isroil harbiylari bu hududga kirgan har qanday jangariga qarshi choralar ko‘rilishini ogohlantirdi.

Hozircha tomonlar sulhni saqlab qolish tarafdori. Biroq siyosiy bosim va ichki ziddiyatlar kuchayib borayotgani kelishuvni xavf ostiga qo‘ymoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 45 kishi halok bo‘ldi: Isroil-Ga'zo sulhi buziladimi?