date

Dyoʻkeresh va Martinelli tiklanish muddati maʼlum


Londonning "Arsenal" klubi Viktor Dyoʻkeresh va Gabriel Martinellini noyabr oyidagi xalqaro tanaffus oxirigacha yoʻqotdi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Klub vakillari 23-noyabr kuni "Tottenhem"ga qarshi derbiga qadar har ikki futbolchini safga qaytarishga umid qilmoqda. Eslatib oʻtamiz, Dyoʻkeresh shanba kungi "Arsenal" va "Byornli" oʻrtasidagi uchrashuvda (2:0) tanaffusda almashtirilgan edi.

Shvetsiyalik futbolchi oʻsha oʻyinda gol urishga muvaffaq boʻldi. Martinelli esa undan oldinroq, taxminan bir yarim hafta oldin "Kristal Pelas"ga qarshi Londonda oʻtkazilgan oʻyinda jarohat olgan edi.

"Arsenal" jamoasi seshanba kuni Chempionlar ligasida safarda Praganing "Slaviya" klubiga qarshi, dam olish kunlari esa Angliya Premer-ligasida safarda "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dyoʻkeresh va Martinelli tiklanish muddati maʼlum