date

Belgrad universiteti filiali O‘zbekistonda ochiladi

Belgrad universiteti filiali O‘zbekistonda ochiladi
O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida muhim yangilik kutilmoqda. Mamlakatda Serbiyaning yetakchi universitetlaridan biri hisoblangan Belgrad universiteti filiali ochilishi rejalashtirilmoqda.

Mazkur universitet dunyo akademik reytinglarining top-1000 ro‘yxatida doimiy ravishda o‘rin olgan. Bu haqda O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratboy Sharipov ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Serbiya tomoni O‘zbekistonlik abituriyentlarga muhandislik, axborot texnologiyalari va blokcheyn kabi istiqbolli yo‘nalishlarda ta’lim olish imkoniyatini taklif qilishga tayyor. Ta’lim sohasidagi ushbu hamkorlik 29-oktabr kuni prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Aleksandar Vuchich o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida kelishilgan.

Shuningdek, ushbu muloqot doirasida Novi-Sad universiteti bilan hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi. U bilan qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Bu tashabbuslar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli kelishuvlar doirasiga kiradi va O‘zbekistonning yetakchi xorijiy ta’lim markazlarini jalb etishga qaratilgan umumiy strategiyasiga mos keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Belgrad universiteti filiali O‘zbekistonda ochiladi