
Soliqlarni hisobga olmaganda o‘rtacha ish haqi 100 ming rubldan ortiq bo‘lgan Rossiya hududlari soni bir yil ichida 10 tadan 12 taga ko‘paydi. Bu haqda Yagona idoralararo axborot-statistika tizimi ma’lumotlariga tayanib, "RIA Novosti" xabar bermoqda.
Eng yuqori daromad Chukotka (193 ming rubl), Yamal-Nenes avtonom okrugi (173 ming rubl) va Moskva (161 ming rubl) aholisiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, Magadan viloyatida (152,5 ming rubl), Kamchatka (142,8 ming) va Saxalinda (136,7 ming rubl), Nenes (131,5 ming) va Xanti-Mansiyada (120 ming) 100 ming rubldan ortiq maosh olishadi. Yakutiya (119,3 ming), Sankt-Peterburg (109,9 ming), Murmansk (109,1 ming) va Moskva (108,6 ming) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘rtacha ish haqi bu yil 92,9 ming rublni tashkil etdi, o‘tgan yili 82,2 ming rubl edi.
Qayd etilishicha, tashkilotlar xodimlarining o‘rtacha oylik hisoblangan ish haqi soliqlar chegirib tashlangunga qadar va mukofotlarni hisobga olgan holda hisoblanadi. U mintaqadagi barcha kompaniyalar xodimlarining, shu jumladan o‘ta yuqori maosh oluvchilarning daromadlarini hisobga oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!