
2025 yilning iyun oyi, Yaqin Sharqda yana bir jiddiy harbiy to‘qnashuvga guvoh bo‘ldik. Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyat kutilganday harbiy to‘qnashuvga aylandi. Bu voqealar nafaqat mintaqa, balki xalqaro xavfsizlik nuqtayi nazaridan ham jiddiy tahlilni talab etadi.
Isroil 2010 yildan buyon Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha jiddiy kuzatuv va tayyorgarlik ishlarini olib borgan. Ma’lum bo‘lishicha, aynan o‘sha yili Erondagi birinchi yadrochi olim yo‘q qilingan va keyinchalik boshqa mutaxassislar ham nishonga olingan. Bu haqida Isroil razvedkasi hujjatlariga tayanib Britaniyaning nufuzli “The Times” nashri xabar bermoqda.
Isroil razvedka xizmati – “Mossad” Erondagi strategik ahamiyatga ega obyektlarga, shu jumladan “Islomiy inqilob muhofizlari korpusi” saflariga ham kirib borishga muvaffaq bo‘lgan. Bu orqali Isroil Eronning yadroviy dasturi faqat ma’lum inshootlar bilan cheklanmasligini, balki mamlakat bo‘ylab tarqalgan ko‘plab maxfiy obyektlar orqali amalga oshirilayotganini aniqlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Eron har oy o‘nlab raketalar ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan va bu orqali yiliga 1000 ta raketa ishlab chiqarishni, jami 8000 donadan iborat zaxira yaratishni rejalashtirgan.
Eron yadroviy qurol ishlab chiqarish niyatida emasligini, faqat tinch maqsaddagi atom dasturini rivojlantirayotganini ta’kidlamoqda.
Vashington Isroil bilan hamkorlikda Eronning yadroviy imkoniyatlarini cheklash uchun bir necha strategik hujumlar amalga oshirdi. Bu harakatlar yadroviy qurol tarqalishining oldini olish maqsadida bajarilgani ta’kidlandi. Isroil esa Eron yadroviy qurol yaratishga yaqinlashganini mojaroning bosh sababi sifatida ko‘rsatdi.
Bu mojaro xalqaro hamjamiyat uchun muhim saboq bo‘ldi. Eron va G‘arb o‘rtasidagi yadroviy muzokaralar urushdan oldin davom etayotgan edi, ammo mojaro boshlanishi bilan siyosiy ishonch jiddiy ravishda sinovdan o‘tdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar