date

Netflix va BBC «Peaky Blinders» davomini ishlab chiqmoqda

Netflix va BBC «Peaky Blinders» davomini ishlab chiqmoqda

Mashhur «Peaky Blinders» seriali yangidan davom ettiriladi. Netflix va BBC hamkorligida ishlab chiqilayotgan yangi spin-off 1953 yildagi Buyuk Britaniya hayotini va Shelbi oilasining yangi avlodini namoyon etadi. Variety xabar berishicha, loyiha kamida ikki mavsumdan iborat bo‘ladi.

Syujetga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidagi qirqimli bombardimonlardan keyin Bermingem beton va po‘latdan yangi kelajak qurishga kirishadi. Biroq shaharning ulkan qayta qurish dasturi uchun olib borilgan kurash qahraton raqobatga aylanib, afsonaviy ko‘lamdagi to‘qnashuvlarga olib keladi.

Serialning asosiy aktyorlari hozircha oshkor qilinmagan. Biroq, asl «Peaky Blinders»da Tomas Shelbi obrazini jonlantirgan Killian Myorfi loyihaga ijrochi prodyuser sifatida qaytishi ma’lum. Shuningdek, serial yaratuvchisi Stiven Nayt ham ish jarayonida ishtirok etadi.

Avvalroq Nayt Killian Myorfi qahramoni yana ekranga chiqishini ma’lum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, «Peaky Blinders»ning oltinchi mavsumi 2022 yilda efirga uzatilgan. Yakuniy yettinchi mavsum o‘rniga, Nayt Tommi Shelbi va uning jinoiy to‘dasi haqidagi qissani to‘liq metrajli film orqali yakunlashga qaror qilgan.

Serial ilk bor 2013 yilda namoyish etilgan va qisqa vaqt ichida ommalashgan. Besh yil o‘tib, u BAFTA tomonidan «Eng yaxshi Britaniya shousi» deb topilgan, oradan bir yil o‘tib esa Milliy televideniye mukofotini «Eng yaxshi dramatik serial» nominatsiyasida qo‘lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Netflix va BBC «Peaky Blinders» davomini ishlab chiqmoqda