Rossiya AQShning Ukrainaga Tomahawk raketalarini berish ehtimoli urushni yanada keskinlashtirishi mumkinligini aytdi. Kreml vakillari bunday qadam bevosita to‘qnashuv xavfini oshirishini ta’kidlamoqda.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy savol bu raketalarni kim uchirishi – faqat ukrainaliklar yoki amerikalik harbiylar ham ishtirok etadimi. Unga ko‘ra, bunday qaror chuqur tahlilni talab qiladi va xavf darajasini oshiradi.
Rossiya parlamenti mudofaa qo‘mitasi rahbari Andrey Kartapolov ham AQSh mutaxassislari Ukrainaga raketalarni ishga tushirishda yordam bersa, ular Moskva uchun nishonga aylanishini aytdi. “Hech kim ularni himoya qila olmaydi”, dedi u.
Shu bilan birga, Rossiya sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev ham Yevropani ogohlantirib, bunday qaror yadroviy xavfni kuchaytirishi mumkinligini eslatdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!