date

Farg‘onada kirakashlar janjali bolta va mashina bilan tugadi

Farg‘onada kirakashlar janjali bolta va mashina bilan tugadi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida avtoturargohda sodir bo‘lgan mojaro haqida xabar tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumoticha, holat 1 oktyabr kuni avtoshohbekatda yuz bergan.

Ma’lum qilinishicha, 2000 yilda tug‘ilgan, O‘qchi mahallasida istiqomat qiluvchi I.I. oldindan mavjud bo‘lgan nizo yuzasidan 1998 yilda tug‘ilgan Achchiqo‘l mahallasida yashovchi S.Q. bilan gaplashish uchun kelgan. Uning yonida Qo‘qon shahrining Shaldiramoq mahallasida yashovchi tanishi M.A. ham bo‘lgan. Suhbat janjalga aylanib, I.I. va M.A. sovuq qurol ishlatib, S.Q.ga tan jarohati yetkazishgan.

Shundan so‘ng, mojaroga S.Q.ning tanishi – Qo‘qon shahri To‘xlimergan mahallasida yashovchi B.M. ham aralashgan. U o‘zining “Equinox” avtomashinasi bilan M.A.ni urib yuborgan.

Natijada S.Q. va M.A. shifoxonaga yotqizildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 qismi orqali 97-moddasi bilan ish qo‘zg‘atildi. Hodisaga aloqador shaxslarni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar qonun ustuvorligini ta’minlashini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada kirakashlar janjali bolta va mashina bilan tugadi