date

Qozog‘istonda ilk qor yog‘ib, shaharlar oqqa burkandi

Qozog‘istonda ilk qor yog‘ib, shaharlar oqqa burkandi

29 sentyabr tonggida mamlakatning Qo‘stanay tumanida yilning ilk qor yog‘i boshlandi. Qisqa vaqt ichida shahar ko‘chalari, uylar saqichdek oq qor bilan qoplandi, yo‘llar esa muzdek va noqulay holatga keldi. Bu haqda mahalliy nashrlar orqali xabar tarqatildi.

Bir qator hududlarda elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilib, ayrim svetoforlar ishdan chiqdi. Bu esa yo‘llarda harakatdagi uzilishlar va tirbandliklarni keltirib chiqardi. Politsiya haydovchilarga murojaat qilib, noqulay tabiiy sharoitda ehtiyotkor bo‘lish, harakat qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligini ta’kidladi.

Sinoptiklar avvalroq 28 sentyabrdan boshlab respublika hududida keskin sovuq tushishi haqida ogohlantirgan edi. Ular ma’lum qilishicha, mamlakatning janubi-sharqida momaqaldiroq va kuchli shamollar kuzatilishi mumkin. Shimoliy hududlarda esa yomg‘ir qator yog‘ib, harorat sezilarli darajada pasayadi.

Faqatgina Qozog‘istonning janubi va sharqiy hududlarida nisbatan quruq va barqaror ob-havo saqlanishi prognoz qilinmoqda. Biroq, respublika bo‘ylab kuchli shamol, tungi va tonggi paytlarda esa tuman tushishi ehtimoli yuqori ekanligi qayd etilmoqda.

Mutahassislar ta’kidlashicha, ilk qor kuz faslidagi tabiiy o‘zgarishlarning boshlanishi bo‘lib, bu hodisa hali oldindagi kunlarda havo yanada sovishidan darak bermoqda. Shu bois aholi va haydovchilar sovuq va noqulay ob-havoga tayyor turishlari lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda ilk qor yog‘ib, shaharlar oqqa burkandi