«Barselona» klubi Yevropa Superligasi g‘oyasidan voz kechishi mumkin. Ma’lumki, ushbu turnirni tashkil etish tashabbusi bir necha yildan buyon muhokamada bo‘lib kelayotgandi, ammo amalda yo‘lga qo‘yilmadi.
Avvalroq «Barselona» va «Real Madrid» Yevropa futbolidagi islohotlarni eng faol qo‘llab-quvvatlagan klublar sifatida tanilgan edi. Biroq, Esports RAC1 yozganidek, hozirda kataloniyaliklar bu loyihadan chekinish niyatida. Manbaning qayd etishicha, bu qaror so‘nggi vaqtlarda «Barsa»ning UYEFA bilan munosabatlari yaxshilangani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni «ko‘k-anorranglilar» Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 2-turida «PSJ»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Endi esa Xans-Diter Flik shogirdlari yakshanba kuni La Ligada «Sevilya»ga qarshi bahs olib boradi.
«Barselona» Yevropa Superligasidan chekinish arafasida
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar