Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Braim Diasga portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino qiziqish bildirmoqda.
Relevo tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli marokashlik futbolchi transferiga mashhur murabbiyning shaxsan o‘zi qiziqqan. Shu bilan birga, “Benfika” jamoasi ham Diasni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchining “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali esa uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan.
Joriy mavsumda Braim Dias 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar