NASA olimlari insoniyatning muqarrar halokatiga samoviy jismlar sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda. Bu haqida Sof.uz sayti yozmoqda.
Dushanba kuni NASAning Goddard samoviy parvozlar markazi tadqiqotchisi doktor Jozef Nut Amerika geofizika ittifoqida bo‘lib o‘tgan yillik hisobot-yig‘ilishda bu haqida ma’lum qilgan. Olimning fikricha, erdagi hayot asteroid yoki kometaning kutilmagan to‘qnashuvio tufayli poyoniga etishi mumkin. «En katta muammo shundaki, ayni paytda xavfni bartaraf qilish uchun qo‘limizdan hech narsa kelmaydi», – deb aytgan falakshunos olim o‘z nutqida.
Jozef Nutga ko‘ra, yirik va halokatga olib boruvchi asteroid va kometalar kichik hajmdagilariga qaraganda anchagina kam uchraydi. Ammo ular erdagi hayotning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘ladi. Olimlar bundan 50 60 million yillar oldin dinozavrlarning qirilib ketishiga ham yirik samoviy jismning erga urilishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilishadi.
Kometalar odatda sayyoramizdan uzoqlarda parvoz qilishadi. Erimizga yirik samoviy jismning eng so‘nggi yaqinlashuvi g‘ayrioddiy kometa Yupiter bilan to‘qnashgan 1996 yilda va Mars yaqinidan uchib o‘tgan 2014 yilda yuz bergan edi. Ikkinchi kometa Marsga juda yaqin masofada yaqinlashishidan bor-yo‘g‘i 22 oy muqaddam aniqlangani esa ayniqsa xavotirlidir. Agar Erga yaqinlashayotgan kometani shuncha muddat oldin aniqlansa, xavfni bartaraf etish imkonsiz bo‘lishi mumkin.
Ulkan samoviy jismga qarshi samoviy kemani tayyorlab uchirish 5 yil vaqtni oladi. Erni ehtimoliy samoviy xatarlardan himoya qilish maqsadida yaqinda NASAda Sayyorani mudofaa qilish bo‘yicha maxsus bo‘lim tashkil etilgan. Nutning fikricha, quyoshdan kelayotgan asteroidlarni aniqlash ancha mushkul bo‘lib, raketani uchirish vaqtini ikki marta kamaytirilganda ham xavfning oldini olish imkonsizligicha qoladi.
Los Alamosdagi Milliy laboratoriya tadqiqotchisi doctor Kety Plesko asteroidlarga qarshi kurashning ikki xil yo‘lini taklif etgan: yadroviy urush yoki ulkan zambarakni eslatadigan kinetik impektordan foydalanish. Olimning fikricha zambarak yadroviy quroldan ko‘ra yaxshi samara berishi mumkin. Olimmlar hozircha ushbu qurolning qanday ishlashi bo‘yich ahisob-kitoblarni oshkor qilishmagan.
Sayyoramizga meteoritlarning urilishi tez-tez bo‘lmasa ham kuzatilib turadigan hodisa. Eng so‘nggi kuchli to‘qnashuv 1908 yilda sodir bo‘lgan. Sibirdagi Tunguska daryosiga 50 100 metr diametrdagi olov shari urilishdan hosil bo‘lgan portlash kuchi 1945 yildagi Hiroshimaga tashlangan atom bombasi kuchidan 185 marta kuchliroq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari