date

Buyuk Britaniya va AQSh yadroviy kelishuv imzolaydi

Buyuk Britaniya va AQSh yadroviy kelishuv imzolaydi
Buyuk Britaniya va AQSh yadroviy energiyani rivojlantirish bo‘yicha yangi kelishuv tuzmoqda. Bitim minglab ish o‘rinlari yaratishi va Britaniyaning energiya xavfsizligini mustahkamlashi kutilmoqda. U AQSh Prezidenti Donald Tramp tashrifi chog‘ida imzolanadi.

Kelishuv yadro qurilmalarni qurishga ruxsat berish jarayonini tezlashtirishni ko‘zda tutadi. Agar yadro qurilmalar bir mamlakatda xavfsizlikdan o‘tsa, ikkinchisida ham tasdiq olish osonlashadi.

Shuningdek, Hartlepul shahrida 12 ta yangi yadro qurilma qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu loyiha 1,5 million xonadonni elektr bilan ta’minlashi va minglab ish o‘rinlari yaratishi mumkin.

Ammo ekologlar bu tashabbusni tanqid qilmoqda. Ularning aytishicha, bunday loyihalar juda qimmat va uzoq davom etadi, natijada elektr narxlari ko‘tarilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniya va AQSh yadroviy kelishuv imzolaydi