Florida shtatida maktab o‘quvchilari uchun majburiy vaksina talablarini bekor qilish taklif qilindi. Bosh shifokor Josef Ladapo ota-onalar farzandlari uchun o‘zlari qaror qabul qilishi kerakligini aytmoqda. Gubernator Ron DeSantis tashabbusni qo‘llab-quvvatlasa-da, shifokorlar va pediatrlar bu qarorni xavfli deb hisoblamoqda.
Rejaga ko‘ra, 90 kun ichida gepatit B, suvchechak kabi kasalliklarga qarshi majburiy vaksinalar bekor qilinishi mumkin. Mutaxassislar bunday qaror bolalar va immuniteti zaif odamlarda kasallik tarqalishiga olib kelishini ogohlantirmoqda.
Ko‘kyo‘tal va qizamiq kabi kasalliklar oshmoqda. Masalan, 2024-yilda 700 dan ortiq odam ko‘kyo‘talga chalingan, bu 2023-yildagidan bir necha barobar ko‘p.
Mutaxassislar aytishicha, vaksinalar ko‘plab kasalliklarning oldini olishda eng samarali yo‘l bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!