Ko‘plab ota-onalar farzandlarining ovqatni rad etishi yoki tanlab yeyishidan qiynaladi. Mutaxassislar bu holat ko‘p bolalarda uchrashini va ularning rivojlanish jarayonining tabiiy qismi ekanini ta’kidlashadi. Ota-onalar bunday vaziyatda o‘zini aybdor his qilmasligi kerak.
Bolaga majburlash o‘rniga erkinlik berish muhim. Masalan, “buni yemayman” degan bolaga “xohlamasang ham mayli” deyish ko‘proq natija beradi. Ovqatni uzoq majburlab yedirish esa aksincha, salbiy ta’sir qilishi mumkin.
Mutaxassislar taomlarni “yaxshi” va “yomon” deb ajratmaslikni tavsiya qiladi. Farzandlarga muvozanatli ovqatlanishni tushuntirishdan ko‘ra, o‘z amaliyotingiz orqali ko‘rsatish samaraliroq bo‘ladi. Turli xil taomlarni me’yorida iste’mol qilishni namuna qilib ko‘rsatish eng yaxshi usuldir.
Bolalarni ovqat tayyorlash jarayoniga jalb etish ham foydali. Masalan, stol tuzash, aralashtirish yoki oziq-ovqat tanlashda ishtirok etish ularda qiziqishni oshiradi. Mutaxassislar tez tayyorlanadigan va foydali mahsulotlardan foydalanishni maslahat berishadi. Shu tarzda bolalarda sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!