
27-oktyabr, dushanba kuni O‘zbekistonning ko‘p hududlarida havo harorati +23…+28° daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi O‘zgidromet.
Kunning ikkinchi yarmida Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.
Cho‘l hududlari va mamlakat shimolida shamolning tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati +23…+25° daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa harorat +15…+20° darajaga yetishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar