date

Turkiyaning g'arbida zilzila sodir bo'ldi


Turkiyaning Sındırgı hududida 27-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:48 da (Toshkent vaqti bilan 00:48) 6,1 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma'lum qildi.

Zilzila epitsentri taxminan 6 kilometr chuqurlikda joylashgan bo'lib, tebranishlar qo'shni viloyatlarda ham sezilgan. Ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya NSosyal platformasida ma'lum qilishicha, zilzila oqibatida uchta bino va bir do'kon qulab tushgan.

Barcha ichkarida bo'lganlar o'z vaqtida evakuatsiya qilingan. Sog'liqni saqlash vaziri Kemal Memishog'lu bergan ma'lumotga ko'ra, zilzila oqibatida 19 kishi jarohatlangan, ularning aksariyati vahima tufayli yoki tebranish vaqtida derazadan sakrash oqibatida jabrlangan.

To'rt kishi kasalxonadan chiqarilgan, qolganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyaning g'arbida zilzila sodir bo'ldi