Nega Buyuk Britaniyada rekord darajada pivo zavodlari yopildi?

2025 yilda Buyuk Britaniyada 140 ga yaqin pivo zavodi o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu so‘nggi 50 yildan ortiq davr ichida — ya’ni 1974 yildan beri kuzatilgan eng yuqori yopilish ko‘rsatkichi bo‘ldi, deb The Daily Telegraph xabar berdi.
Mustaqil pivo ishlab chiqaruvchilar jamiyati (SIBA) bu holatga izoh berar ekan, so‘nggi bir yil ichida kuchli talab bo‘lishiga qaramay, pivo zavodlari misli ko‘rilmagan darajada yopilganini bildirdi. SIBA rahbari Endi Slining so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning deyarli barcha hududlarida faoliyat yuritgan ko‘plab zavodlar bozorni tark etmoqda.
Ekspertlar fikricha, bu holatning asosiy sababi — davlat tomonidan solinayotgan soliqlarning keskin ko‘tarilishi. Alkogolli ichimliklarga bo‘lgan aksiz soliqlari hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ining ortishi ishlab chiqaruvchilarning moliyaviy imkoniyatlarini qisqartirib qo‘ymoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!