date

Buyuk Britaniyada pivo zavodlari yopilishi rekordga chiqdi

Buyuk Britaniyada pivo zavodlari yopilishi rekordga chiqdi

2025 yil davomida Buyuk Britaniyada qariyb 140 ta pivo ishlab chiqaruvchi korxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bu ko‘rsatkich 1974 yildan buyon qayd etilgan eng yuqori yillik natija hisoblanadi.

Mustaqil pivo ishlab chiqaruvchilar jamiyati (SIBA) bu haqda The Daily Telegraph nashriga tayanib ma’lum qildi.

Jamiyat ijrochi direktori Endi Slining ta’kidlashicha, kraft pivoga bo‘lgan talab hali ham yuqori bo‘lishiga qaramay, so‘nggi bir yil ichida pivo zavodlarining yopilishi rekord darajaga yetgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning barcha hududlarida faoliyat yuritayotgan pivo zavodlari soni izchil ravishda qisqarib bormoqda.

Mutaxassislar pivo ishlab chiqaruvchi korxonalar yopilishiga asosiy omil sifatida soliq yukining oshirilganini ko‘rsatmoqda. Xususan, alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ining ko‘tarilishi sohadagi tadbirkorlar uchun jiddiy qiyinchiliklar keltirib chiqarmoqda.

Endi Sliga ko‘ra, soliqlarning keskin oshishi pivo ishlab chiqaruvchilar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, nafaqat pivo zavodlari, balki ularning asosiy mijozlari hisoblangan pablar ishiga ham jiddiy zarba bermoqda. Shuningdek, ushbu holat bozorda yirik global pivo brendlarining yuqori mavqega chiqib olishiga ham zamin yaratmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyada pivo zavodlari yopilishi rekordga chiqdi