date

Mutaxassis Trampning sog‘lig‘i haqida shov-shuvli da’vo qildi

Mutaxassis Trampning sog‘lig‘i haqida shov-shuvli da’vo qildi

Amerikalik fizioterapevt Adam Jeymsning ta’kidlashicha, AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning hayotiga ikki oydan to‘rt oygacha vaqt qolgan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Trampda frontotemporal demensiya belgilari mavjud bo‘lib, ushbu kasallik odatda inson umrining davomiyligi 7 yildan 12 yilgacha bo‘lgan davr bilan bog‘lanadi.

Jeymsning aytishicha, Trampdagi dastlabki alomatlar 2016 yildagi prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan oldin paydo bo‘lgan. U, shuningdek, prezident atrofidagi jamoa uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatni jamoatchilikdan yashirayotganini ham ilgari surgan.

Fizioterapevtning qo‘shimcha qilishicha, hozir 80 yoshni qarshilagan Donald Trampda bir qator surunkali kasalliklar mavjud. Xususan, u yurak yetishmovchiligi hamda surunkali buyrak kasalligi bilan og‘riydi. Bu esa, mutaxassis fikriga ko‘ra, insult yoki yurak xuruji xavfini keskin oshiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Mutaxassis Trampning sog‘lig‘i haqida shov-shuvli da’vo qildi