Rossiya hududlarida qarovsiz qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi

Rossiyaning turli hududlarida qarovsiz qolgan 6 nafar o‘zbekistonlik bola mamlakatga qaytarildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston bolalar ombudsmani matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, bolalar ombudsmani Rossiyadagi hamkasbiga murojaat yo‘llab, nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlarni vatanga qaytarish bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rishni so‘ragan. Unda Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan bolalar O‘zbekistonga qaytarilguncha ularni vaqtincha Rossiyadagi bolalar muassasalariga joylashtirishda yordam so‘ralgan.
Rossiya tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar evaziga bolalar uchun munosib yashash sharoitlari yaratilgan. Natijada, 2 nafar bola Sankt-Peterburgdan, 1 nafari Moskvadan, yana biri Moskva viloyatidan, 1 nafari Qozon (Tatariston) shahridan va 1 nafar bola Kabardino-Balkariya Respublikasidan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan vatanga olib kelingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!