
2023-yilning 1-noyabridan boshlab Maldiv Respublikasi hududida 2007-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotib olish, iste'mol qilish va sotish butkul taqiqlanadi. Bu haqda prezident Muhammad Miyuzuning ma'muriyati bayonotida ma'lum qilindi.
Ushbu tashabbusning maqsadi «tamakisiz avlod»ni shakllantirish ekani ta'kidlangan. Qonun chet elliklarga ham tegishli bo‘lib, ular ham agar ushbu sanadan keyin tug‘ilgan bo‘lsa, sigaret sotib olishi yoki chekishiga ruxsat berilmaydi.
Bundan tashqari, Maldivda elektron sigaretlar va veyplarni import qilish, sotish, saqlash va ishlatish to‘liq taqiqlab qo‘yilgan. Ushbu holatda yosh chegarasi inobatga olinmaydi.
2006-yildan keyin tug‘ilganlarga tamaki mahsulotlarini sotganlik uchun 50 ming rufi (taxminan 3,27 ming AQSh dollari) miqdorida jarima belgilangan. Veyplardan foydalanish esa 5 ming rufi (qariyb 327 AQSh dollari) jarimaga sabab bo‘ladi.
Maldiv dunyoda tamaki mahsulotlariga «avlod taqiqi»ni joriy qilgan ikkinchi mamlakatdir. Birinchi bo‘lib bu qarorni Yangi Zelandiya qabul qilgan edi, biroq yangi hukumat qaroridan voz kechib, byudjetni to‘ldirish zaruriyatini sabab qilib ko‘rsatgan.
Shu kabi choralar Buyuk Britaniyada ham bosqichma-bosqich ishlab chiqilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.