date

Rossiya kurkasining importi rekord darajada o‘sdi


2025 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Rossiyadan 850 tonnadan ortiq kurka go‘shti va ichki a'zolarini 1,5 million dollarga import qildi. Bu butun tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich, deya xabar bermoqda “Agroeksport” tahliliy markazi.

Solishtirish uchun, 2024 yilda mamlakat atigi uch tonna kurka mahsulotini 8,5 ming dollarga olib kirgan edi. Mazkur mahsulotning birinchi importi esa 2022 yilda boshlangan.

Shu tariqa kurka importi hajmi 283 barobar oshgan. Shu kabi tendensiya Tojikistonda ham kuzatilmoqda, u yerga xuddi shu davrda 700 tonna atrofida kurka mahsuloti 1 million dollardan oshiqroq qiymatda olib kelingan.

2024 yilda esa bu ko‘rsatkich ikki tonnadan oshmagan edi. O‘zbekistonda Rossiya kurkasiga bo‘lgan talabning o‘sishi mol go‘shti va boshqa go‘sht turlarining keskin qimmatlashishi fonida yuz bermoqda.

Bungacha Kursiv Uzbekistan shu haqida xabar bergan edi. O‘rtacha hisobda, o‘zbekistonliklar bir yilda 42,4 kilogramm go‘sht iste’mol qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya kurkasining importi rekord darajada o‘sdi