
Xitoyda k-pop va seriallarga qo'yilgan taqiq bekor qilinishi ehtimoli bor. Kendju shahrida bo'lib o'tgan ikki tomonlama sammitda Xitoy Raisi Si Szinpin va Janubiy Koreya Prezidenti Li Je Myon madaniy almashinuvlarni kengaytirish bo'yicha kelishuvga erishdilar.
Bundan tashqari, Xitoy yetakchisi Pekinda k-pop konsertini o'tkazish taklifiga ijobiy munosabat bildirdi. Janubiy Koreya deputati Kim Yon Be'ning so'zlariga ko'ra, Si Szinpin ushbu g'oyani hatto tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham muhokama qilgan.
Biroq, yakshanba kuni Janubiy Koreyaning Madaniy almashuv qo'mitasi sammitdagi suhbatlarni "muloyim fikr almashinuvi" deb atab, "hozircha biror xulosa qilishga erta" ekanligini ta'kidladi. K-pop, serial va filmlarga norasmiy taqiq taxminan o'n yil avval, Seul AQShning THAAD mudofaa tizimini joylashtirish qarorini qabul qilganidan keyin joriy etilgan edi.
Xitoy bu tizimni o'z xavfsizligiga tahdid deb baholagan edi.
Pekinda k-pop taqiqi bekor qilinishi mumkin
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar