date

Afg‘onistonda zilzila, O‘zbekiston ham sezdi

Afg‘onistonda zilzila, O‘zbekiston ham sezdi
3-noyabr kuni soat 01:29 da Afg‘oniston hududida 6,8 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzilaning epitsentri Samangan viloyatida (36,45° shimoliy kenglik, 67,42° sharqiy uzunlik) joylashgan bo‘lib, yer silkinishlari taxminan 30 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan.

Zilzila O‘zbekistonning bir qator hududlarida ham sezildi. Surxondaryo viloyatida 5 balli, Qashqadaryo viloyatida 3-4 balli, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa taxminan 3 ball kuchlanishida yer silkinishlari qayd etildi.

Toshkent va Farg‘ona viloyatida esa 2-3 balli silkinishlar kuzatildi. Epitsentrning Toshkentdan uzoqligi janubi-g‘arbiy yo‘nalishda 557 kilometrni tashkil etdi.

O‘zbekistonda zilzila oqibatida vayronagarchiliklar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushgani yo‘q.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonda zilzila, O‘zbekiston ham sezdi