date

Jurnalistlar qotilligining 90 foizi fosh etilmaydi

Jurnalistlar qotilligining 90 foizi fosh etilmaydi
Butun dunyoda jurnalistlarning o'ldirilishi bilan bog'liq jinoyatlarning to'qqizdan biri hali ham ochilmay qolmoqda, deya ma'lum qildi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish. YuNESKO ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil avgustidan 2025-yil mayigacha bo'lgan davrda hujumlar oqibatida 163 nafar jurnalist halok bo'lgan.

Ulardan 109 nafari qurolli mojarolar hududlarida ish olib borgan. Eng ko'p qurbonlar G'azo, Sudan va Ukrainada qayd etilgan.

"Erkin va mustaqil jurnalistika jamiyat uchun nihoyatda muhim qadriyat bo'lib, jurnalistlar butun dunyo bo'ylab erkin, xolis va hech qanday qo'rquvsiz faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak", - dedi BMT bosh kotibi. Antoniu Guterrish matbuot vakillarining o'ldirilishini keskin qoralab, xorijiy jurnalistlarning G'azoga kirishiga to'sqinlik qilinishini qabul qilib bo'lmas holat sifatida baholadi.

YuNESKO hisob-kitoblariga ko'ra, O'rta Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida ommaviy axborot vositalariga nisbatan jinoyatlar uchun jazolanmaslik darajasi eng yuqori. Bunga asosiy sabab sifatida sud tizimlarining zaifligi, korrupsiya va hukumatlarning siyosiy irodasining yo'qligi ko'rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Jurnalistlar qotilligining 90 foizi fosh etilmaydi