
O'zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi Rossiya hududida o'zbek milliy haydovchilik guvohnomalari bilan bog'liq vaziyatni izohlab berdi. Bayonot elchixona Telegram-kanalida e'lon qilindi.
Amaldagi Rossiya qonunchiligiga ko'ra, o'zbekistonliklarga milliy haydovchilik guvohnomalari mavjud bo'lgan taqdirda shaxsiy avtomobil boshqarishga ruxsat etiladi. Ammo agar O'zbekiston fuqarosi Rossiyada haydovchi sifatida ishlashni niyat qilsa, u holda Rossiya haydovchilik guvohnomasini olishi kerakligi elchixona tomonidan ta'kidlandi.
"O'zbekiston Respublikasi elchixonasi tegishli Rossiya idoralari bilan doimiy aloqada va fuqarolarimizning huquq va manfaatlariga ta'sir qiluvchi har qanday o'zgarishlar haqida xabar berishda davom etadi", deyiladi diplomatik vakolatxonaning bayonotida. Joriy yilning noyabr oyi o'rtalarida Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin, Moskva faqat rus tili rasmiy maqomga ega bo'lgan davlatlarning haydovchilik guvohnomalarini tan olishini, boshqa mamlakat fuqarolari esa haydovchilik imtihonlarini topshirishi kerakligini ma'lum qilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.