Eronda internet deyarli to‘xtadi: 12 soatlik uzilish

Eron hududida internet aloqasida jiddiy uzilishlar kamida 12 soatdan beri davom etmoqda. Bu haqda xalqaro internet monitoringi bilan shug‘ullanuvchi NetBlocks xizmati ma’lum qildi.
Tashkilot hisobotiga ko‘ra, mamlakatda internet ulanishi keskin pasaygan bo‘lib, tarmoq tezligi odatiy ko‘rsatkichlarga nisbatan taxminan 1 foiz darajasiga tushib qolgan. Amalda bu holat Eronning deyarli to‘liq internetdan uzilganini anglatadi.
Qayd etilishicha, mazkur uzilishlar sabablari yuzasidan Eron rasmiylari hozircha hech qanday rasmiy izoh bermagan. Shuningdek, internetga oid rejalashtirilgan cheklovlar haqida ham oldindan ogohlantirish qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing