date

Adnoc O‘zbekistondagi Lukoil aktivlariga qiziqmoqda


BAAning davlat kompaniyasi Abu Dhabi National Oil Co. (Adnoc) Lukoilning xorijdagi turli aktivlariga, ayniqsa, O‘zbekistondagi gaz loyihalariga katta qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda Bloomberg xabar berdi. Amerikaning Exxon Mobil va Chevron kompaniyalari esa Lukoilning Iroqda joylashgan yirik West Qurna-2 loyihasidagi ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda.

Lukoil aktivlariga bo‘lgan qiziqish AQShning 13 dekabrdan kuchga kirishi kutilayotgan sanksiyalari fonida oshdi. Ushbu sanksiyalar sabab kompaniya xalqaro biznesini sotishni tezlashtirmoqda.

Xaridorlar turli yo‘nalishlarni o‘rganmoqda, biroq Lukoil xalqaro aktivlarini yagona paket sifatida sotishni ma’qul ko‘radi. Avvalroq kompaniya xalqaro aktivlarini Gunvor treyderiga sotishga uringan edi, biroq AQSh bu bitimni bloklagan.

Manbalarning aytishicha, ayrim potensial investorlar faqat alohida loyihalarni sotib olishni istamoqda. Shu sababli avval bir moliyaviy o‘yinchi butun paketni sotib olib, keyinchalik uni alohida bo‘lib sotishi ehtimoli ham istisno qilinmagan.

Adnoc BAAning eng yirik neft-gaz korporatsiyasi bo‘lib, mamlakatning neft va gaz qazib olish, qayta ishlash hamda eksport qilish jarayonlarini boshqaradi. Bu dunyoning eng nufuzli energetika kompaniyalaridan biri bo‘lib, xalqaro loyihalardagi ulushlarni sotib olish va investitsiyalar orqali chet eldagi ishtirokini faol kengaytirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Adnoc O‘zbekistondagi Lukoil aktivlariga qiziqmoqda