date

Akanji “Inter”da qolishni istamoqda: qaror yozda aniq bo‘ladi

Akanji “Inter”da qolishni istamoqda: qaror yozda aniq bo‘ladi

Italiya chempionatida peshqadamlikni qo‘ldan bermayotgan “Inter” jamoasining markaziy himoyachisi Manuel Akanji o‘z kelajagi haqida ochiq fikr bildirdi. Shveysariyalik futbolchi hozircha “Manchester Siti”dan joriy mavsum oxirigacha ijara asosida olib kelingan bo‘lib, Milanda qisqa vaqt ichidayoq jamoaning eng ishonchli ijrochilaridan biriga aylanib ulgurdi.

Sky Sport jurnalistlari bilan suhbatda Akanji vaziyatni yashirmay, barchasi hali oldinda ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirgi paytda “Inter”da o‘zini juda erkin va baxtiyor his qilayapti, jamoadagi muhit, ishlash tartibi va umumiy jarayonlar uni to‘liq qoniqtirayotgani sezilib turibdi.

“Kelajagim qanday bo‘ladi? Agar oldindan bilganimda edi! Men “Inter”da baxtiyorman, hammasi juda yaxshi ketyapti. Yozga yaqin barchasi aniq bo‘ladi, ammo kelasi mavsumda ham shu yerda qolishga umid qilaman”, — dedi himoyachi.

Ma’lumot o‘rnida, Akanji joriy mavsumda “Inter” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, himoya chizig‘ida barqaror o‘yini bilan ko‘zga tashlanmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari esa uning transfer qiymatini 22 million yevro deb baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Akanji “Inter”da qolishni istamoqda: qaror yozda aniq bo‘ladi