date

Kengashlar 2026 yilda suv soligʻi bo‘yicha koeffitsientlarni o‘zgartirish vakolatini saqlab qoldi

Kengashlar 2026 yilda suv soligʻi bo‘yicha koeffitsientlarni o‘zgartirish vakolatini saqlab qoldi

2026 yilda shahar va tuman xalq deputatlari kengashlari suv uchun belgilangan soliq koeffitsientlarini mustaqil tarzda qayta ko‘rib chiqish huquqini saqlab qoladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Shu bilan birga, strategik obyektlar uchun istisno joriy etilgan: elektr stansiyalari, kommunal xo‘jalik korxonalari hamda eng yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmas, qat’iy belgilangan holda qoladi.

Fermerlar uchun suvning bazaviy stavkasi 1 kub metriga 107 so‘m etib belgilandi. 2027 yildan esa lazerli tekislash texnologiyasini qo‘llamaydigan xo‘jaliklar uchun oshiruvchi koeffitsient kiritilishi rejalashtirilgan.

2026 yilda sanoat tarmoqlari 1 kub metr suv uchun 749 so‘mdan 910 so‘mgacha to‘laydi. Ichimlik ishlab chiqaruvchilar uchun esa suv bo‘yicha to‘lov 40,6 ming so‘m etib ko‘rsatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kengashlar 2026 yilda suv soligʻi bo‘yicha koeffitsientlarni o‘zgartirish vakolatini saqlab qoldi