date

Tom Kruz “Yulduzlar jangi” uchun yorug‘lik qilichlari jangini suratga oldi

Tom Kruz “Yulduzlar jangi” uchun yorug‘lik qilichlari jangini suratga oldi

Aktyor Tom Kruz Shon Levi ishlayotgan “Yulduzlar jangi: Yulduzli qiruvchi” filmining suratga olish maydonchasiga tashrif buyurib, texnik jarayonda ham qatnashdi. IGN xabariga ko‘ra, u yorug‘lik qilichlari bilan kechadigan duel epizodini tasvirga olishda kamerani shaxsan o‘zi boshqargan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Rejissyor Shon Levi vaziyatni kinoya bilan izohladi: “O‘tgan hafta bu yerda Stiven Spilberg bo‘lgan edi. Endi esa Tom Kruz kamerani o‘ynatib, juda yaxshi tuflilarini buzayapti”.

Kruzning tashrifi film syujeti bo‘yicha ayrim tafsilotlarni ham oshkor qildi: loyiha avvaliga jedaylarga aloqasi bo‘lmagan uchuvchilar haqidagi hikoya sifatida taqdim etilgan, biroq endi yorug‘lik qilichlari jangi sahnasi mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Kartinada Rayan Gosling, Mett Smit va Mia Got rollar ijro etadi. “Yulduzlar jangi: Yulduzli qiruvchi” premyerasi 2027 yil 28 mayga belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Tom Kruz “Yulduzlar jangi” uchun yorug‘lik qilichlari jangini suratga oldi