Toshkentda xospis qurilishi reja asosida davom etmoqda — hokimiyat

Toshkent shahri hokimiyati poytaxtda xospis qurilishi belgilangan jadval asosida olib borilayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, loyiha bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Avvalroq Gazeta.uz poytaxt xospisini ishga tushirish muddati cho‘zilayotgani haqida yozgandi. Shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi muassasa joriy yil yanvar oyida ochilishini bildirgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, xospis 5,2 gektar hududda joylashadi, bino qurilishi 2,7 ming kvadrat metr maydonni egallaydi. Hokimiyat ichki ishlarni yanvar oyi oxirigacha yakunlash rejalashtirilganini ta’kidladi.
Shahar hokimiyati bayonotida so‘nggi ikki yilda obyektdagi ishlar sezilarli darajada jadallashgani, loyiha amaliy bosqichga o‘tgani hamda qurilishni yakunlash uchun zarur sur’at ta’minlangani qayd etilgan.
Hozirda fasad to‘liq tayyor, ichki pardozlash va infratuzilma ishlari qariyb 80% ga bajarilgan. Qurilish yakunlangach, bino bosqichma-bosqich mebel va santexnika jihozlari bilan ta’minlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!