2025 yilda 438,3 ming nafar o‘zbekistonlik kredit olishga o‘ziga taqiq qo‘ydi

2025 yilda 438,3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik kredit rasmiylashtirishga o‘ziga nisbatan taqiqni yoqdi. Bu haqda KIACh byurosi statistik ma’lumotlarida keltirilgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Taqqoslash uchun, o‘tgan yil 1 dekabr holatiga ko‘ra mazkur xizmatdan 284,7 ming nafar fuqaro foydalangan.
KIACh ma’lumotiga ko‘ra, 1 yanvar holatida xizmat eng ko‘p 26–35 yoshdagilar orasida ommalashgan — 144,6 mingdan ziyod kishi. 35–45 yosh toifasida 106,6 ming nafar, 26 yoshgacha bo‘lganlar orasida esa 94,7 ming nafar fuqaro o‘ziga taqiq o‘rnatgan.
Eng kam faollik 56 yoshdan oshganlar guruhida qayd etilgan — 39,5 ming kishi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil yozidan buyon o‘zbekistonliklar kredit rasmiylashtirishni cheklash bo‘yicha o‘ziga taqiqni davlat xizmatlari markazlarida, yagona portal orqali yoki KIACh saytida yoqishi mumkin. Mazkur servis firibgarlarning shaxs xabarisiz kredit rasmiylashtirishiga qarshi himoya chorasi sifatida xizmat qiladi.
Taqiqni bekor qilish yozma yoki elektron ariza asosida amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!