
FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati uchun yaratilgan rasmiy posterni tanqidlardan so‘ng o‘z ijtimoiy tarmoqlaridan olib tashladi. Bu haqda SPORTbible xabar berdi.
Posterda saralash bosqichidan o‘tgan 42 jamoaning futbolchilari tasvirlangan edi. Har bir mamlakatni bitta futbolchi ifodalagan.
Portugaliya terma jamoasidan "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh tanlangan, biroq bu tanlov afsonaviy futbolchi, besh karra "Oltin to‘p" sohibi Krishtianu Ronalduning muxlislarini ranjitgan. Fanatlarning noroziligidan so‘ng FIFA posterni o‘z sahifalaridan olib tashlashga qaror qildi.
Shuningdek, posterda o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov ham aks etgan edi. Hozirda 40 yoshda bo‘lgan va Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubida o‘ynayotgan Ronaldu avvalroq 2026-yilgi Jahon chempionati uning so‘nggisi bo‘lishini aytgan edi.
Mazkur musobaqa 2026-yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Unda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi, final uchrashuvi esa Nyu-Jersidagi "Metlayf" stadionida o‘tkaziladi.
Yevropa saralashi doirasida 12 terma jamoa to‘rtta yo‘llanma uchun pley-off uchrashuvlarida kurash olib boradi. Yana ikkita yo‘llanma qit’alararo o‘yinlar orqali aniqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.