date

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi: mintaqada keskinlik kuchaydi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi: mintaqada keskinlik kuchaydi

Eron tomoni Ho‘rmuz bo‘g‘ozining yana-da qayta yopilganini rasman eʼlon qildi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar tarqatdi.

“Hotam al-Anbiyo” markaziy qo‘mondonligi vakili maʼlum qilishicha, AQSH tomonidan dengiz yo‘llaridagi bosim va qamal harakatlari davom etayotgani sababli Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qaytadan yopish rejimiga o‘tkazilgan.

Rasmiy bayonotda qayd etilishicha, Eron Islom Respublikasi avvalroq erishilgan kelishuvlarga muvofiq ravishda, cheklangan hajmdagi neft va savdo kemalarining o‘tishiga ruxsat bergan edi.

Biroq, qo‘mondonlik vakili taʼkidlashicha, AQSH o‘z vaʼdalarini buzib, dengiz yo‘llarida bosim va nazoratni kuchaytirishda davom etmoqda. Shu sababli Eron tomoni Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan avvalgi qatʼiy rejimni qayta tiklashga majbur bo‘lgan.

“Endilikda ushbu strategik suv yo‘li Eron qurolli kuchlarining to‘liq nazorati ostida bo‘ladi”, — deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, vakilning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Erondan chiquvchi va kiruvchi barcha kemalar uchun to‘liq erkin harakatni taʼminlamas ekan, bo‘g‘ozdagi vaziyat qattiq nazoratda qolaveradi.

17 aprel kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi Ho‘rmuz bo‘g‘ozi maʼlum muddatga tijorat kemalari uchun ochilganini bildirgan edi. Bu qaror Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida qabul qilingani aytilgan.

Biroq AQSH prezidenti Donald Tramp Tehronning bu bayonotiga qaramay, Eronning harbiy-dengiz blokadasi o‘z kuchida qolishini taʼkidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi: mintaqada keskinlik kuchaydi