date

Avstriyada birgina ari samolyot parvozini bekor qildi

Avstriyada birgina ari samolyot parvozini bekor qildi

Avstriyada kutilmagan va noodatiy holat sababli samolyot reysi amalga oshirilmadi. Insbruk aeroportida Venaga uchishi kerak bo‘lgan Austrian Airlines samolyoti bitta ari tufayli parvozni bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, layner uchishga tayyorlanayotgan paytda samolyot 150 km/soat tezlikka yetgan. Shu vaqtda uchuvchilar tezlikni o‘lchovchi datchiklar turlicha ko‘rsatkich berayotganini payqashgan.

Samolyotda 107 nafar yo‘lovchi bor edi va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida reys zudlik bilan to‘xtatilgan hamda yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.

Texnik tekshiruv natijasida nosozlik sababi aniqlangan: havo oqimini o‘lchaydigan muhim qurilma ichiga kichik ari kirib qolgan.

Aynan shu qurilma samolyot tezligini aniqlashda asosiy rol o‘ynaydi. Ari kirib qolishi natijasida u noto‘g‘ri ma’lumot berib, parvoz xavfsizligiga tahdid yuzaga keltirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Avstriyada birgina ari samolyot parvozini bekor qildi