date

Amerikalik reper mashinasidan bir qizning chirigan jasadi topildi

Amerikalik reper mashinasidan bir qizning chirigan jasadi topildi

D4vd taxallusi bilan mashhur bo‘lgan amerikalik reper Devid Entoni Berk 14 yoshli qizaloqning o‘limiga aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda “Al Jazeera” nashri ma’lum qildi.

14 yoshli Selaste Rivasning jasadi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan, unga tegishli bo‘lgan avtomobil ichida aniqlangan.

Xabarlarga ko‘ra, Berkning hibsga olinishi politsiya Rivasning chirigan jasadini uning nomida ro‘yxatdan o‘tgan Tesla rusumli mashina yukxonasidan topganidan yetti oy o‘tib amalga oshirilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil ichida ikki dona qora sumka aniqlangan. Ularning birida chirigan bosh va tana qismi, ikkinchisida esa boshqa tana bo‘laklari joylashgan bo‘lgan. Los-Anjeles okrugi prokuraturasi dushanba kuni Devid Entoni Berkka nisbatan rasmiy ayblovlar yuzasidan ishni ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Reper himoyachilari esa uning aybsiz ekanini qat’iy ravishda himoya qilishlarini bildirgan.

Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli reper Nyu-York shtati Kvins hududidan ekani aytiladi. U 2022 yilda “Romantic Homicide” nomli taronasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ida ommalashib, internetda keng mashhurlikka erishgan edi. Selaste Rivas esa 2024 yilda 13 yoshida bedarak yo‘qolgan. Keyinchalik reperning avtomobilidan topilgan jasad Los-Anjeles politsiya departamenti tomonidan aynan bedarak bo‘lgan kaliforniyalik o‘smir Selaste Rivasga tegishli ekani tasdiqlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik reper mashinasidan bir qizning chirigan jasadi topildi