date

Qozog‘iston tuxum importiga olti oylik taqiq kiritdi

Qozog‘iston tuxum importiga olti oylik taqiq kiritdi

Qozog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan mamlakat hududiga yangi tovuq tuxumlarini olib kirishga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Tegishli buyruqqa ko‘ra, import taqiqi olti oy davom etadi. Bu haqda Zakon.kz xabar berdi.

Hujjatda qayd etilishicha, mazkur qaror “Qozog‘iston Respublikasi hududiga yangi tovuq tuxumlarini olib kirishni taqiqlash to‘g‘risida”gi buyruq asosida qabul qilingan. Unga ko‘ra, uchinchi davlatlardan hamda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII)ga a’zo mamlakatlardan barcha turdagi transport vositalari orqali yangi tuxumlarni olib kirish vaqtincha to‘xtatiladi.

Shu bilan birga, tranzit tashuvlar uchun istisno belgilangan. Ya’ni tuxum mahsulotlarining YEOII davlatlari o‘rtasida Qozog‘iston hududi orqali o‘tishi cheklovga kiritilmagan.

Mazkur qaror 21 aprel kuni rasman kuchga kirgan bo‘lib, olti oy davomida amalda bo‘ladi.

Mutaxassislar va parranda sanoati vakillarining ta’kidlashicha, Qozog‘istonda tuxum narxlari yil davomida bir necha bor o‘zgarib turadi. Odatda yoz mavsumida talab kamaygani sababli narxlar pasayadi, chunki iste’molchilar tuxum o‘rniga sabzavot va mevalarga ko‘proq murojaat qiladi. Kuz oylarida esa ishlab chiqaruvchilar yozgi yo‘qotishlarni qoplash maqsadida narxlarni biroz oshirishga majbur bo‘lishadi.

Mazkur cheklov ichki bozorda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va narx barqarorligini saqlashga qaratilgani taxmin qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston tuxum importiga olti oylik taqiq kiritdi