Jorj Mikautadze Rayan Sherkini Lamin Yamaldan kuchli deb hisoblaydi

"Villarreal" hujumchisi Jorj Mikautadze sobiq jamoadoshi Rayan Sherkini "Barselona" yosh yulduzi Lamine Yamaldan ustun deb baholadi. Gruziyalik futbolchi Sherkini texnik va universal jihatdan afzal ko'rishini, chunki u ikki oyoqda ham erkin o'ynay oladi va maydonni yaxshi his qilishini ta'kidladi. Mikautadze, Yamal asosan chap oyoqqa suyanishini, Sherki esa gol urish, golli uzatmalar berish va standart vaziyatlarni bajarishda ham ustunligini qo'shimcha qildi. Ushbu fikr futbol muxlislari orasida katta muhokamalarga sabab bo'ldi va ikki yosh iste'dodni taqqoslash yanada qizg'in tus oldi.
“Vilyarreal” hujumchisi Jorj Mikautadze sobiq jamoadoshi Rayan Sherkini “Barselona” yosh yulduzi Lamin Yamaldan ustun deb baholadi. Uning bu fikri futbol muhitda katta muhokamalarga sabab boʻldi.
Gruziyalik futbolchi 2025 yilga qadar “Lion” safida Sherki bilan bir jamoada harakat qilgan. Keyinchalik fransiyalik yarim himoyachi “Manchester City”ga yoʻl olgan, Mikautadze esa Ispaniyaga koʻchib oʻtgan.
Mikautadze ikki futbolchini kuzatish yoqimli ekanini aytsa-da, Sherkini texnik va universal jihatdan afzal koʻrishiga urgʻu berdi.
“Sherki Yamaldan yaxshiroq. U ikki oyoqda ham erkin oʻynaydi, ambidekstr futbolchi. Yamal asosan chap oyoqqa suyanadi”, — dedi u.
Uning taʼkidlashicha, Sherki maydonni yaxshi his qiladi, gol uradi, golli uzatmalar beradi va standart vaziyatlarni ham yaxshi bajaradi. Shu bois u jamoa uchun universal variant hisoblanadi.
Shu soʻzlardan soʻng futbol muxlislari orasida ikki yosh yulduzni solishtirish yanada qizgʻin tus oldi — ayrimlar Mikautadzega qoʻshilsa, boshqalar Yamalni kelajakning eng katta isteʼdodi deb hisoblashmoqda.






























Izohlar 0
…