Vinisius atrofidagi nizo “Real”ni ikkiga boʻlmoqda...

"El Chiringuito TV" jurnalisti Juanfre Sans "Real Madrid" futbolchisi Vinisius Juniorni jamoa ichida kelishmovchiliklar keltirib chiqarishda ayblab, uni sotishni taklif qildi. Uning fikricha, Vinisius o'z imkoniyatlarini to'liq sarflab bo'lgan va uning xulq-atvori klubga katta "bahoga" tushgan. Jurnalist muvaffaqiyatsiz davrlarda bunday muammolar keskinlashishini ta'kidladi. Yaqinda "Alaves"ga qarshi o'yinda Vinisius g'alaba golini urdi va muxlislardan uzr so'rab, vaziyatni yumshatishga harakat qildi.
“El Chiringuito TV” jurnalisti Xuanfre Sans “Real Madrid” vingeri Vinisius Juniorni jamoa ichida ziddiyat va ichki kelishmovchilik keltirib chiqarishda ayblab, klub rahbariyatini braziliyalik futbolchini sotish imkoniyatini koʻrib chiqishga chaqirdi.
Uning fikricha, “Real” uchun eng toʻgʻri qaror — futbolchi bilan xayrlashish boʻlishi mumkin.
“Men qatʼiy ishonamanki, ‘Real’ uchun eng toʻgʻri yoʻl — uni sotish. Chunki ‘Barselona’ga qarshi oʻyin kuni u kiyinish xonasida ichki ziddiyat chiqargan, vaziyatni nazoratga olgan va hech kim uni toʻxtatmagan”, — dedi Sans.
Jurnalistning taʼkidlashicha, Vinisiusning bugungi harakatlari oʻtmishdagi xatolarni qisman tan olishga oʻxshaydi, ammo u fikricha, futbolchi oʻz imkoniyatlarini toʻliq sarflab boʻlgan.
Uning soʻzlariga koʻra, “Real” Vinisiusni asosan yuqori saviyadagi oʻyini uchun saqlab kelgan, ammo klub uning xulqiy jihatlariga ham katta “baho” toʻlagan.
Sans fikricha, jamoada natijalar yaxshi boʻlganda ayrim kamchiliklar koʻzga tashlanmasligi mumkin, ammo muvaffaqiyatsiz mavsumlar boshlanganda vaziyat keskinlashadi.
“Muvaffaqiyatsiz davrlardan keyin keskin qarorlar qabul qilish kerak”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Ayni paytda esa “Real” maydonda ham qizgʻin vaziyatni boshdan kechirmoqda. Kecha jamoa “Alaves”ni 2:1 hisobida maglub etdi. Uchrashuv boshida “Santyago Bernabeu” muxlislari Vinisius va Mbappeni hushtaklar bilan qarshi olgan.
Biroq oʻyin davomida Vinisius gʻalaba golini urdi va goldan soʻng muxlislardan uzr soʻrab, klub emblemasini oʻpib, vaziyatni yumshatishga urindi.































Izohlar 0
…