Bernardu Silva "Barselona"ga oʻtishni asosiy maqsad qilmoqda

Bernardu Silva "Barselona"ga oʻtishni asosiy maqsad qilmoqda
Qisqacha

Manchester City yarim himoyachisi Bernardo Silva faoliyatini Ispaniyaning "Barcelona" klubida davom ettirishni asosiy maqsad qilgan. Manbalarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar jamoasi eng jozibador variant hisoblanadi va u keyingi bosqichni aynan La Ligada o'tkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Silva mavsum yakunida "Manchester City"ni erkin agent sifatida tark etish niyatini bildirgan edi, bu esa uning transferini yanada qizitdi.

“Manchester City”ning hujumga moyil yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Ispaniyaning “Barselona” klubida davom ettirishni istamoqda. Bu haqda “El Chiringuito” nashri maʼlum qilgan.

Manbalarga koʻra, 31 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun kataloniyaliklar jamoasi asosiy va eng jozibador variant sifatida koʻrilmoqda. U oʻz faoliyatining keyingi bosqichini aynan La Ligada oʻtkazishni rejalashtirayotgani aytilmoqda.

Avvalroq Silva joriy mavsum yakunlangach, “Manchester City”ni erkin agent sifatida tark etish niyati borligini ham bildirgan edi. Bu esa uning transfer atrofidagi vaziyatni yanada qizitdi.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarni hisobga olganda 45 ta oʻyinda ishtirok etgan. U shu davr ichida 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bilan jamoasiga yordam bergan.

Shu bilan birga, futbolchiga Italiyaning “Yuventus” klubi ham qiziqish bildirmoqda. Biroq turinliklar Silvaning yuqori moliyaviy talablarini qondirishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin.

Hozirgi vaziyatda esa asosiy eʼtibor uning keyingi qarorini kutishga qaratilgan — Silva Yevropa transfer bozorining eng qiziqarli nomlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar