date

Eron poytaxtni Tehrondan ko‘chirishni rejalashtirmoqda

Eron poytaxtni Tehrondan ko‘chirishni rejalashtirmoqda
Eron prezidenti Masud Pezeshkian mamlakat Tehrondan poytaxtni ko‘chirishga majbur bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda Middle East Eye nashri xabar berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, aholining haddan tashqari ko‘pligi, qurg‘oqchilik va suv resurslarining yetishmasligi Tehronni yanada rivojlantirishni imkonsiz qilmoqda. Pezeshkian hukumat janubi-sharqdagi Makron mintaqasini yangi poytaxt sifatida ko‘rib chiqishini taklif qilganini ta’kidladi.

U loyiha uzoq yillardan beri muhokamada bo‘lganini, lekin moliyaviy mablag‘ yetishmasligi tufayli amalga oshirilmaganini qo‘shimcha qildi. Prezidentning fikriga ko‘ra, hozirgi holat poytaxtni ko‘chirishni muqarrar qilmoqda.

Taxminan 10 million kishi yashaydigan Tehron zich qurilish va suv taqchilligiga bardosh bera olmayapti. Shahar aholisi orasida suv tanqisligi masalasi bo‘yicha tashvishlar kuchaymoqda, hatto qisman evakuatsiya ehtimoli haqida ham gapirilmoqda.

Ekologlar muammo faqat qurg‘oqchilik emas, balki suv resurslarini noto‘g‘ri boshqarish bilan ham bog‘liq ekanini eslatmoqda. Ular zamonaviy suv tejash usullarini joriy etish va shaharni rejalashtirish yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda.

Makron mintaqasi Ummon ko‘rfazi sohilida joylashgan va dengiz savdosi uchun strategik ahamiyatga ega. Ushbu hudud Siston va Balujochiston viloyatiga qarashli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Eron poytaxtni Tehrondan ko‘chirishni rejalashtirmoqda