date

Nyukasl Man Siti ustidan g'alaba qozondi


Angliya Premer-ligasi 12-turida "Nyukasl" o'z maydonida "Manchester Siti"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Mehmonlar tarkibiga kiritilgan o'zbek himoyachisi Abduqodir Husonov ushbu o'yinda maydonga tushmadi.

O'yin avvalidanoq jamoalar yuqori sur'at va agressiv futbol namoyish etdilar. "Nyukasl" tezkor hujumlarga, ayniqsa Barns va Foltemad orqali chiqishga e'tibor qaratdi.

"Siti" esa to'p nazoratini qo'lga olib, qanotlardan hujumlarni uyushtirdi. Dastlab mezbonlar haqiqiy imkoniyatlarni yaratdi.

Barnsning o'ng burchakka yo'llagan zarbasi Donnarumma tomonidan qaytarildi. Keyin esa Foltemad Merfi uzatmasini boshi bilan darvozaga yo'lladi, ammo "Siti" darvozaboni yana jamoasini qutqarib qoldi.

Mehmonlarning javobi esa birinchi bo'limning o'rtalarida keldi. Xoland to'pni qabul qilib, uzoq masofadan zarba berdi, ammo uning zarbasi "Nyukasl" darvozasi ustunidan ancha uzoqqa o'tib ketdi.

Ikkinchi bo'limda "Nyukasl" pozitsion hujumlarga ko'proq e'tibor qaratdi va 64-daqiqada Barns pastki burchakka kuchli zarba yo'llab hisobni ochdi. "Siti" esa tezda javob qaytarib, uch daqiqa o'tib hisobni tenglashtirdi.

Sherkidan kelgan uzatma Ruben Diasga yetib bordi va uning zarbasi riko'shet bilan darvozaga kirib ketdi. 70-daqiqada Barns darvozabon qaytargan to'pni aniq joyidan darvozaga yo'llab, dublga erishdi.

VAR bu vaziyatni tekshirdi, ammo ofsayd qayd etilmadi. O'yin oxirida "Siti" xavfli hujumlar uyushtirdi, lekin "Nyukasl" mudofaasi, ayniqsa darvozabon Poup, barcha zarbalarga qarshi tura oldi.

Abduqodir Husonov esa ushbu uchrashuvni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Nyukasl Man Siti ustidan g'alaba qozondi