date

Oq uy yaqinida o‘qotar ikki Milliy gvardiya xodimini yaraladi

Oq uy yaqinida o‘qotar ikki Milliy gvardiya xodimini yaraladi

Vashington shahrida, Oq uy yaqinidagi 17-chi va Birinchi ko‘chalari burchagida ikki Milliy gvardiya xodimi o‘qotar quroldan yaralandi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noyem CNN telekanaliga ma’lum qildi.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi ikki manbaning ma’lum qilishicha, gvardiyachilar gumonlanuvchi bilan otishmada ishtirok etib, jarohat olishgan. CNN manbalariga ko‘ra, gumonlanuvchi qo‘lga olindi va voqea joyidan tibbiy aravada olib ketildi.

Otishma sodir bo‘lgan vaqtda Prezident Donald Tramp Floridaning Uyest-Palm-Bich shahridagi golf maydonida bo‘lgan. Oq uy matbuot kotibi Karolin Levittning xabar berishicha, prezidentga voqea haqida ma’lumot berilgan.

Poytaxt politsiyasi ijtimoiy tarmoqda joy xavfsiz ekanligini va gumonlanuvchining qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Shuningdek, mahalliy aholiga shu hududdan uzoqroq bo‘lish tavsiya qilindi.

Avvalroq Prezident Tramp avgust oyida favqulodda farmon chiqarib, bir necha shtatdan kelgan Milliy gvardiya xodimlarini federal hukumatga bo‘ysundirgan edi. Shu sababli yuzlab gvardiyachilar Vashington ko‘chalarida patrul xizmatini davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy yaqinida o‘qotar ikki Milliy gvardiya xodimini yaraladi