date

“Bu bola kimga o‘xshaydi?” — Durdona Qurbonova Imronning o‘g‘li bilan (video)

“Bu bola kimga o‘xshaydi?” — Durdona Qurbonova Imronning o‘g‘li bilan (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova xonanda Imron va uning o‘g‘li bilan kafeda shirinlik yeb o‘tirgan vaqtidan Instagram sahifasiga video joyladi.

Videoda Durdonaning Imronning o‘g‘liga shirinlik yedirib, bolajonni mahkam quchoqlagani, uning shirinligi, asalligi va chiroyliligini ta’kidlab, yuzlaridan o‘pib qo‘ygani aks etgan.

Aktrisa muxlislarga murojaat qilib: “Bu bola kimga o‘xshaydi?” — deya savol berdi va bolajonga “mana adasi”, deb Imronni ko‘rsatdi.

Shuningdek, u bolaga: “Asalim mani, buncha chiroylisan”, — deya erkaladi.

Durdona Imronga qarab: “Kimga o‘xshagan, siz bunaqa chiroyli emasku?”, — deya hazil aralash savol ham berdi.

Mazkur videodan Durdona va Imron o‘rtasidagi munosabat samimiy hamda do‘stona ekani yaqqol seziladi.

Video muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Ko‘pchilik bolajonning shirinligi va asalligini ta’kidladi, ayrimlar esa uni otasiga o‘xshatib izoh qoldirdi. 

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » “Bu bola kimga o‘xshaydi?” — Durdona Qurbonova Imronning o‘g‘li bilan (video)