date

ADM Global Koreyada xalqaro seminar o'tkazdi

ADM Global Koreyada xalqaro seminar o'tkazdi
2025-yil 27-29-oktyabr kunlari Koreya Respublikasida mamlakatning yirik avtomobil sanoati holdinglaridan biri bo'lgan ADM Global kompaniyalar guruhi 2025 Supplier Board Workshop xalqaro seminarini tashkil qildi. Tadbirda Kia Corporation rahbariyati ishtirok etdi.

Seminarda 13 ta koreyalik avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar va O'zbekistonning 17 ta lokalizatsiya korxonalari vakillaridan iborat 80 dan ortiq rahbarlar qatnashdi. ADM Global tomonidan birinchi marta bunday formatda tashkil etilgan ushbu xalqaro seminar avtomobil qismlari ta'minotchilari bilan o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish hamda yangi qo'shma loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilishga bag'ishlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar rivojlanishning asosiy yo'nalishlarini muhokama qildilar. ADM Global O'zbekistonda lokalizatsiyani kengaytirish va sanoat klasterlarini rivojlantirish bo'yicha rejalari bilan bo'lishdi.

Shuningdek, amaldagi va potensial ta'minotchilar bilan muzokaralar o'tkazilib, hamkorlikning yangi yo'nalishlari va texnologik rivojlanish imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Supplier Board Workshop doirasida lokalizatsiya rivoji va ta'minot zanjirlarining barqarorligini ta'minlashga katta hissa qo'shgan kompaniyalar uchun mukofotlash marosimi o'tkazildi.

Kia Corporation “Global Impact Award” mukofotiga sazovor bo'ldi, bu mukofot O'zbekiston avtomobil sanoatining xalqaro o'sishiga qo'shgan hissasi uchun topshirildi. Mazkur seminar ADM Global’ning Kia Corporation, shuningdek, koreyalik va o'zbek avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchilari bilan uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash yo'lida muhim qadam bo'ldi.

Tadbir davomida yangi qo'shma loyihalarni ishga tushirish va qo'shimcha investitsiyalarni jalb qilish borasida kelishuvlarga erishildi. Ushbu format 2026-yilda davom ettirilishi va kengaytirilishi rejalashtirilgan.

ADM Global vakillari bunday tadbirlar avtomobil sanoati rivoji va O'zbekistonning mintaqaviy avtomobil qismlari ta'minot zanjirida muhim o'rin egallashi uchun asosiy omillardan biri ekanligini ta'kidladilar.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » ADM Global Koreyada xalqaro seminar o'tkazdi