date

070 Shake Dior brendi yuzi bo‘ldi

070 Shake Dior brendi yuzi bo‘ldi

2025 yil 1 dekabr kuni Dior modalar uyi rasmiy vakili sifatida rep xonandasi Daniel Balbuena, ya’ni 070 Shake taxallusi bilan tanilgan ijodkorni tanladi. Bu haqda WWD nashri kompaniyaga tayanib xabar berdi.

"Amerikalik xonanda, qo‘shiqlar muallifi va prodyuser, o‘zining noyob va istiqbolli uslubi bilan zamonaviy musiqaning eng jozibador ovozlaridan biri sifatida tanilgan. Uning ijodi rep va muqobil pop musiqasi chegarasida joylashgan", — deyiladi Dior bayonotida.

Daniel Balbuena 1997 yil 13 iyun kuni Nyu-Jersida tug‘ilgan. U musiqiy faoliyatini 2015 yilda boshlagan.

Uning xip-xop, R&B va muqobil elektronika janrlarini birlashtirgan o‘ziga xos ovozi uni mashhur qilgan. 070 Shake Kanye West bilan hamkorliklari va GOOD Music loyihalaridagi ishtiroklari orqali keng tanildi.

2020 yildan buyon u uchta albom chiqargan: "Modus Vivendi", "You Can’t Kill Me" va "Petrichor".

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » 070 Shake Dior brendi yuzi bo‘ldi