
O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulligi Qozog‘istonda davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik uchun sentyabrdan boshlab yanada qat'iy jazolar joriy etilganini eslatdi. Bu qaror o‘zbekistonliklarning Qozog‘iston chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tish holatlarining ortishi sababli qabul qilingan.
Ma'lum qilinishicha, noqonuniy harakat qilgan fuqarolar qo‘lga olingan va ularning barchasiga nisbatan jinoiy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. "Fuqarolarimizdan davlat chegarasini kesib o‘tish bo‘yicha belgilangan tartiblarga qat'iy rioya qilishlarini va noqonuniy sxemalarda ishtirok etmasliklarini so‘raymiz", deyiladi murojaatda.
Diplomatlar fuqarolarni kirish va chiqish qoidalariga qat'iy amal qilishga, shuningdek, jinoiy javobgarlikka tortilishdan saqlanishga chaqirdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.